AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayrim talabalar uchun kontrakt to`lash muddati 10 iyungacha uzaytirildi

'O`zbekistonda ayrim talabalar uchun kontrakt to`lash muddati 10 iyungacha uzaytirildi'ning rasmi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko`pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta`lim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar o`qishi uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2023 yilning 10 iyun (shu kuni ham) etib belgilandi. Bu haqda Oliy ta`lim va innovasiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu muddat bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:
- to`lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar (1-kurslar);
- o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan);
- va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o`quvchilikka tavsiya etilgan abiturientlar (1-bosqich o`quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini to`laganlarning to`lovi ham inobatga olinadi).

Ma`lumot o`rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to`lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

    Boshqa yangiliklar