1

Samvel Babayan: Bizning har bir o`yindagi maqsadimiz bitta – g`alaba qozonish

Sport 10.10.2016, 22:14
Teglar: Futbol, Sport, JCh-2018
Samvel Babayan: Bizning har bir o`yindagi maqsadimiz bitta – g`alaba qozonish

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O`zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, o`yin oldi fikrlari bilan o`rtoqlashdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

“Ertaga muhim o`yin bo`ladi. Xitoyni etarli darajada o`rganib chiqdik. Tarkibida ajoyib futbolchilarga ega jamoa. Xitoy Superligasida ham yulduzlar o`ynamoqda va chempionati ham ancha kuchayib bormoqda. Bu o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik. Ertaga eng yaxshi o`yinimizni ko`rsatib g`alaba qozonishga harakat qilamiz.

“Rashidov, To`xtaxo`jaev va Sergeev? Ularning barchasi ham o`z ishining ustasi. Ular terma jamoada o`ynashga haqli ekanliklarini isbotlab bo`lishgan. Ularda xato va kamchiliklar bo`layotgani rost, lekin bu bilan ularning oldingi qilgan ishlarini unutish to`g`ri emas”.

“Terma jamoada har doim ham yangi narsalarni o`rgatib bo`lmaydi. Sababi terma jamoalar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Bilasizmi, dastlabki uchta o`yinda biz to`liq optimal tarkibda o`ynay olmadik. Agar eng kuchlilarni tushira olganimizda haqiqiy kuchimizni ko`rardinglar. Har safar kimdadir qandaydir muammo paydo bo`laverdi”.

“Bizning har bir o`yindagi maqsadimiz bitta: G`alaba qozonish. Ertaga ham bu maqsadimiz o`zgarmaydi. Bu bosqichdagi har bir jamoa g`alaba uchun maydonga tushishadi. Xitoy tezkor, yaxshi tashkil etilgan, texnik tomonlama kuchli futbolchilarga ega. Juda agressiv futbol ko`rsatishadi”, deydi Samvel Babayan.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1