Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudida Isroil Xudoyberdiev (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
"Qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi" deyiladi xabarda.
02.06.2023 16:50
Termiz shahrining sobiq hokimi va yana 18 kishining sudi bo`lmoqda
