AsosiyJamiyat

Toshkentdagi somsa va osh markazida eshak go`shti saqlanayotgani aytilmoqda

'Toshkentdagi somsa va osh markazida eshak go`shti saqlanayotgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi somsa va osh markazida eshak go`shti saqlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ammo ushbu xabarlar rad etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo`mitasi  yuzasidan ma`lumot berdi

Unga ko`ra, Sanepidqo`mning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan aynan xabarda ta`kidlangan reyd tadbiri o`tkazilmagan va xodimlar tomonidan somsaxonalardan birida eshak go`shti saqlanayotgani aniqlandi, degan xabarlar hech qanday asosga ega emas.

Qayd etilishicha, go`sht mahsulotlarining sifatini o`rganish va sotuvga chiqarishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasining emas, balki Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi vakolatiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar