Al Xorazmiy xalqaro olimpiadasida O`zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo`lga kiritdi

Jamiyat 03.06.2023, 00:05
Al Xorazmiy xalqaro olimpiadasida O`zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo`lga kiritdi

Joriy yilning 29 may – 4 iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo`lib o`tdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikistondan va O`zbekistondan jami 70 nafar o`quvchilar ishtirok etishdi.

Ma`lumot o`rnida: maktab o`quvchilari o`rtasida mazkur olimpiada ilk marotoba o`tkazilmoqda.

Olimpiadaning birinchi turi yozma, ikkinchi turda esa test sinovlari bo`lib o`tdi.

Yakuniy natijalarga ko`ra ishtirokchilar 7 ta oltin, 14 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qo`lga kiritishdi.


 

Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasining oltin medal sohiblari:

 

Axtamov Ozod — O`zbekiston;

Korniiash Fedor — Qirg`iziston;

Erkebulanuli Ali — Qozog`iston;

Zohidjonov Elbek — O`zbekiston;

Alinur Nessipbek — Qozog`iston;

Jaylovov To`lqin — O`zbekiston;

Sailaubay Bexultan — Qozog`iston.

 

Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasining kumush medal sohiblari:

 

Rahmonov Ziyovuddin — O`zbekiston;

Didarbekova Anar — Qozog`iston;

Altinbek Erassil — Qozog`iston;

Zhanibek Alikhan — Qozog`iston;

Danial Kurakbay — Qozog`iston;

Karamat Omar — Qozog`iston;

G`afforov Rasul — O`zbekiston;

O`razaliev Sardor — O`zbekiston;

Zahra Ibishova — Ozarbayjon;

Kadirbergenov Timur — O`zbekiston;

Diyorov Davronbek — O`zbekiston;

Abdul-Rahman Mustafo — Tojikiston;

Akeneev Timur — Qirg`iziston;

Saparbaev Sultanbek — O`zbekiston.

 

Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar olimpiadasining bronza medal sohiblari:

 

Kuchkarov Shaxzod — O`zbekiston;

Bogibekov Maxmudjon — O`zbekiston;

Rafiga Gambarova — Ozarbayjon;

Muxtoraliev Yorqinjon — O`zbekiston;

Mamajonov Azizbek — O`zbekiston;

Sharopov Sino — Tojikiston;

Farhad Huseynov — Ozarbayjon;

Davud Tarverdili — Ozarbayjon;

Boyjonova Dilnura — O`zbekiston;

Xoltemirov Abdulmalik — O`zbekiston;

Alaxonov Duraxshon — O`zbekiston;

Abdullaev Asadbek — O`zbekiston;

Mo`minov Muhammadyusuf — O`zbekiston;

Amirov Asilbek — O`zbekiston;

Usmoni Jamshid — Tojikiston;

Musaxujaev Sultan — Qirg`iziston;

Sadulloev Osim — Tojikiston;

Bekchanboev Munisbek — O`zbekiston;

Bafoev Ulug`xo`ja — O`zbekiston;

Safarova Dilnura — O`zbekiston.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1