1

Piskentda MChJ rahbari tamg`alari bo`lmagan elektr hisoblagich orqali jami 163,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Jinoyat 06.06.2023, 12:17
Piskentda MChJ rahbari tamg`alari bo`lmagan elektr hisoblagich orqali jami 163,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda “S.K.” MChJ rahbari M.X. elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan nazorat tamg`alari bo`lmagan elektr hisoblagich orqali jami 163,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo`shko`pir tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A-V.” MChJ mas`ul shaxslari I.A. qurilishi tugallanmagan oqava suv tarmog`idagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 122,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1