AsosiyDunyo
2386

Xitoy AQSh va uning ittifoqchilarini ogohlantirdi

'Xitoy AQSh va uning ittifoqchilarini ogohlantirdi'ning rasmi

Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu Singapurda yillik Shangri-La dialog konferensiyasida so`zlagan nutqida AQSh mudofaa kuchlari va ularning ittifoqchilari Janubiy Xitoy dengizi mintaqasi hamda unga tutash hududlarni tark etishi kerakligini aytdi. Shuningdek, u XXRni g`azablantirmaslik kerakligini ta`kidladi. Bu haqda zamon.uz yozdi.

Li Shanfuning aytishicha, AQSh va uning ittifoqchilarining harbiy-dengiz kuchlari Xitoyga yaqin suvlarda dengiz va havoda xavfli va noprofessional xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda. Li Shangfu, shuningdek, agar xorijiy harbiy kemalar Janubiy Xitoy dengizi va unga tutash hududlarda bo`lsa, Xitoy keskin munosabat bildirishda davom etishini aniq ta`kidladi.

"Do`stlarimiz kelganda, biz ularni ajoyib vino bilan kutib olamiz. Shoqol yoki bo`rilar kelganda, biz ularni miltiq bilan kutib olamiz", — dedi Xitoy mudofaa vaziri.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar