Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tuman ETK texnik xodimi R.R. va hisobchisi S.T. fuqaro F.B.ning xonadonida elektr tarmog`idan foydalanish tartibini buzganligi holati bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda hisoblagich ko`rsatkichini “nol” qilib berish evaziga 7,5 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlanib, shundan 5 mln so`mi qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.