1

Yoz chillasini qanday o`tkazish kerak? Mutaxassis javob berdi

Salomatlik 08.06.2023, 09:34
Yoz chillasini qanday o`tkazish kerak? Mutaxassis javob berdi

Yildan yilga yoz mavsumida havo harorati yuqorilab bormoqda. Albatta, bunga qator texnogen va tabiiy omillar ta`sir qilyapti. Bunday sharoitda insonlar anomal issiq ob-havoda yashashga ko`nikishiga to`g`ri keladi. Xo`sh, yoz chillasini qanday o`tkazish kerak?  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligiMatbuot xizmati ma`lumot berdi. 

—  Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo`lgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq, — deydi Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`i Azizbek Nizamov. — Mavsumga mos bunday liboslar terining nafas olishiga imkon yaratadi, tana qizib ketishining oldini oladi.
 Iloji boricha to`g`ri tushayotgan quyosh nuridan saqlanishga harakat qilish va bosh kiyim kiyib yurish lozim.
Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda bo`ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig`ida ko`chaga chiqishni rejalashtirmagan ma`qul. 
Ammo tashqariga chiqishga zarurat bo`lsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.
Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda ko`p namlik yo`qotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo`lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur.
Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi.
Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan ma`qul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi. 
 Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi. 
Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1