AsosiySalomatlik
4667

Boshingiz og`riyaptimi, taomnomangizga qarang!

Tez-tez bosh og`rig`i bezovta qilsa, taomnomangizni ko`zdan kechiring.

  1. Shokolad – shirinlik tarkibidagi tanin, kofein va feniletilamin moddasi migren bilan og`riganlarda og`riq hurujlarini keltirib chiqarishi mumkin.
  2. Achchiq qalampir – foydali xususiyati qanchalik e`tirof etilmasin, qon bosimi tufayli yuzaga keladigan bosh og`riqlariga sabab bo`ladi.
  3. Dudlangan go`sht – bu turdagi mahsulotlarga sifati buzilmasligi uchun konservantlar qo`shiladi. Ta`sirchan kishilarda konservantlar bosh og`riqlarini keltirib chiqarishi ilmiy asoslangan.
  4. Zaytun mevasi – me`yoridan oshmasa, zarari yo`q. Ammo muntazam iste`mol qilinganida zaytun tarkibidagi tiramin moddasi bosh miyadagi qon tomirlar faoliyatiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.
  5. Fruktoza – shirinlik miqdorini cheklash maqsadida fruktoza yoki saxarozadan tayyorlangan mahsulotlar bilan parhez qilish ko`pincha bosh og`riqlariga sabab bo`ladi. Chunki bunda aspartam, siklamit va saxarin moddalari bosh miya neyronlariga ta`sir ko`rsatadi.
  6. Pishloq – g`oyat foydali bo`lsa-da, buni qarangki, ushbu mahsulotga ham qarshi ko`rsatmalar mavjud ekan. Pishloqni ertalab va kechki soat 18-00 gacha iste`mol qilsangiz organizmga jiddiy ta`siri bo`lmaydi. Ammo uyquga yotishdan avval eyilgani bosh og`rig`ini yuzaga keltirishi mumkin.
  7. Qahva, choy  va gazlangan ichimliklar  – ular tarkibida  kofein bor. Mazkur modda nerv tizimini qo`zg`atish ta`siriga ega. Qolaversa qon bosimi ko`tarilishiga ham sabab bo`ladi. 

Boshqa yangiliklar