AsosiyJinoyat

Camarqandda hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi

'Camarqandda hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Samarqandda hokim yordamchisi fuqarodan kredit olib berishni va`da qilib, 1500 AQSh dollari olayotganda ushlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 7 iyun kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahar Shukrona mahallasida maishiy xizmat ko`rsatish yo`nalishida tadbirkorlikni yo`lga qo`yish maqsadida, “Xalq banki” Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi bo`lib yurgan vaqtida, Shukrona MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs uning ishonchiga kirib, bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million so`m miqdorida kredit chiqarib berish evaziga 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari xamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand shahar Sayfi Saroy ko`chasida joylashgan Shukrona MFY binosi yonida hokim yordamchisi ariza muallifidan 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.    

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar