AsosiyJamiyat

Ta`mirlash ishlari sabab Toshkentning ayrim joylarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi

'Ta`mirlash ishlari sabab Toshkentning ayrim joylarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Bektemir, Mirzo Ulug`bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida bugun,   9 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi:

Chilonzor tumanining “Bog`iston” va “Lutfiy” MFYlari ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Imon (Ma`rifat), Mevazor, Orasta hamda Taraqqiyot ko`chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug`bek tumanining “Sh.Burxonov”, “Katta qorasuv”, “Bo`z”, “Alpomish”, “Podshobog`” va “Yalong`och” MFYlari hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;

Yashnobod tumanining Yangiobod mavzesi, Aviasozlar 2-, 4-mavzesi, Tuzel 2-, 3-mavzesi, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Chilon ota, Alimkent, Elbek, To`rtko`l, Qorasuv, Xovos hamda Birlashgan ko`chalari hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar