9-11 iyun kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, poytaxtimizda 9-11 iyun kunlari havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9-10 iyunda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi 38-40o, dam olish kunlari 36-38 bo`ladi.
Haroratning pasayishi uzoq davom etmaydi. Keyingi haftada harorat foni avvalgi 35-40, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 41-42 gacha bo`lgan qiymatlarga qaytadi.






