“Manchester Yunayted” jamoasi ustozi Joze Mourino klub rahbariyatidan “Portu” yarim himoyachisi, meksikalik Ektor Errera sotib olishni so`radi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, 26 yoshli meksikalik futbolchi qishki transfer oynasida mankunianlar a`zosiga aylanishi kutilmoqda.
Yozda Erreraning xizmatlariga “Napoli” qiziqish bildirgandi, ammo futbolchining o`zi neapolliklar taklifini rad etgan.
Ma`lumot uchun, o`tgan mavsumda Errera 38 o`yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.





