Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 4-turida O`zbekiston terma jamoasi o`z maydonida Xitoy futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
“Bunyodkor” stadionida o`tkazilgan ushbu o`yinda 2:0 hisobi qayd etilib, hamyurtlarimiz foydasiga hal bo`ldi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Marat Bikmaev hisobni ochgan bo`lsa, 86-daqiqada Otabek Shukurovning uzoqdan bergan zarbasi Xitoy darvozasiga aniq borib tushdi.
O`yinda O`zbekiston terma jamoasi katta ustunlik bilan harakat qilib, muhim 3 ochkoga ega bo`ldi. Mazkur o`yindan so`ng vakillarimiz ochkolar sonini 7 taga etkazib, hozircha birinchi o`ringa ko`tarilib oldi.
O`zbekiston – Xitoy 2:0
Gollar: M.Bikmaev (50), O.Shukurov (86)
O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Davron Hoshimov, Egor Krimes, Islom To`xtaxo`jaev, Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Marat Bikmaev, Igor Sergeev, Eldor Shomurodov.
Xitoy: Yang Ji, Ren Xang, Du Vey, Fen Xioting, Vu Ley, Chay Xuykang, Xoa Junmin, Joa Mingjian, Sun Ke, Goa Lin, Jiang Nin.





