AsosiyJinoyat

Farg`onada fuqaro tayoq bilan urib o`ldirildi

'Farg`onada fuqaro tayoq bilan urib o`ldirildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Bag`dod tumanida fuqaro tayoq bilan urib o`ldirildi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyun kuni soat 06:30lar atrofida fuqaro O.K mast holatda o`z yashash xonadoni tashqarisiga chiqib, axloqsiz harakatlar sodir etgan. Natijada, uning qo`shnisi J.M unga e`tiroz bildirib yashash xonadoniga olib kirib qo`ygan. Shunda O.K yana ko`chaga chiqib, J.M bilan o`zaro janjallashib ketgan.

Janjal davomida, J.M darvozasi yonida turgan avtomashinasidagi yog`och tayoqni olib, O.K tanasinining turli joylariga urib, og`ir tan jarohati etkazgan. Fuqaro J.M. o`sha erda bo`lgan O.Kning o`g`li Ya.Kga otasini uyiga olib kirib ketishini aytib, avtomashinasini boshqargan holda hodisa joyidan ketib yuborgan.

O.Kga o`g`li Ya.K tomonidan ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Bag`dod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan fuqaro J.Mga nisbatan Jinoyat Kodeksiningning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi J.M JPKning 221-moddasi tartibida qo`lga olindi.

    Boshqa yangiliklar