AsosiyJinoyat

Buxoroda talaba ijara uyining 6-qavatidan o`zini tashlab, joniga qasd qildi

'Buxoroda talaba ijara uyining 6-qavatidan o`zini tashlab, joniga qasd qildi'ning rasmi

Buxorodagi Osiyo Xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyining 6-qavatidan o`zini tashlab, voqea joyida vafot etgan.

Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o`limi bo`yicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, marhumning o`z joniga qasd qilishiga sabab bo`lgan taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda,- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar