Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “M.X.” uy-joy mulkdorlari shirkati mas`ul shaxslari 2019-2021 yillarda 8 ta ko`p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan majburiy badal uchun to`langan jami 620,7 mln so`m pul mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.