AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o`ldirib terisini shilgan brakonerlar qo`lga olindi (video)

'Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o`ldirib terisini shilgan brakonerlar qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi hamda Kasbi tumani IIB xodimlari hamkorligida 2023 yilning 14 iyun kuni Kasbi tumanida brokonerlikka qarshi kurashish maqsadida nazorat tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.



Nazorat tadbirida “Kasbi” MFY, Obod mahalla ko`chasida yashovchi fuqaro M.I yashash xonadonida O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan bo`z echkiemarlarni tutqunlikda saqlab, ularni vaxshiylarcha nobud qilayotgani aniqlandi.Tezkor tadbirda 20 ta echkiemarning tutqunlikda saqlanayotgani va 43 ta echkiemar esa o`ldirilib, terisi shilib olingani ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat bo`yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.Idan 20 ta tirik echkiemar va 43 ta echkiemarning terisi ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi “Ekologik nazorat to`g`risida”gi Qonunining 25-moddasi, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunining 47, 49, 50-moddalari, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi Qonunining 51, 53-moddalari, Jinoyat kodeksining 202-moddasi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli qarorining 2-ilovasi sifatida tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib taomillaridan o`tish tartibi to`g`risida”gi Nizomning VI bob, 126-bandi talablariga asosan huquqbuzarga hayvonot dunyosiga etkazilgan jami 311 850 000 (uch yuz o`n bir million sakkiz yuz ellik ming) so`m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tirik qolgan 20 ta bo`z echkiemar o`zining yashash muhiti bo`lgan Muborak tumanidagi cho`l hududlariga qo`yib yuborildi.

    Boshqa yangiliklar