AsosiyJamiyat

Jizzaxda muddatli harbiy xizmat o`tayotgan yigit vafot etdi

'Jizzaxda muddatli harbiy xizmat o`tayotgan yigit vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda muddatli harbiy xizmatchining vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Milliy gvardiya rasmiy izoh berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o`tab kelayotgan oddiy askar T.O. joriy yilning 6 iyun kuni tibbiyot bo`limi feldsheriga oshqozonida og`riq borligi bilan murojaat qilgan.

7 iyun kuni Samarqand harbiy gospitaliga olib borib, tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan. Natijada mutaxassis-terapevt vrachning "Surunkali gastroduodenit qo`zish davri" tashxisi bilan terapiya bo`limiga stasionar davolanish uchun yotqizilgan.

Biroq joriy yilning 15 iyun kuni soat 14:00 atrofida muddatli harbiy xizmatchi T.O.ning sog`lig`i yomonlashib, Samarqand harbiy gospitalida vafot etgan.

O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra T.O.da "O`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi" sababli to`satdan o`lim holati qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat bo`yicha Samarqand viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar