Qashqadaryodagi bozor oldida kislorodli ballon portashi natijasida ikki kishi jarohatlanib, ulardan biri vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 15 iyun kuni taxminan soat 12:00 larda Kitob tumani dehqon bozori oldida tumanni "Guliston" MFYda yashovchi T.Y.ga tegishli qo`lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparati suv saqlash idishiga kislorodli ballondan ko`p bosim berilishi oqibatida, yorilib portlash sodir bo`lgan.
Natijada Kitob tumani va Shahrisabz shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan D.A. vafot etgan.
Holat yuzasida Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi "a" bandi asosida jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






