AsosiyJamiyat

19 va 20 iyun kunlari Toshkentdan 3 ta viloyatga qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi

'19 va 20 iyun kunlari Toshkentdan 3 ta viloyatga qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Uzbekistan Airways 19 va 20 iyun kunlari qo`shimcha aviaqatnovlar yo`lga qo`yilishini e`lon qildi.

Jumladan, 19 iyun kuni Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha parvoz amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 19 iyun kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishi bo`yicha ham qo`shimcha aviaqatnov rejalashtirilgan.

20 iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishida qo`shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, 20 iyun kuni Toshkent – Qarshi – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniya sayti, "UzAirways" mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar