“Barselona” jamoasi himoyachisi Aleysh Vidal o`ziga yangi klub izlash bilan ovora. Bu haqda Ispaniyaning sport.es portali xabar bermoqda.
27 yoshli futbolchi klub rahbariyatining ishonchini qozona olmadi va doimo zaxirada o`tirmoqda. Murabbiylar shtabi uning o`rniga yangi futbolchi izlamoqda. Katta ehtimol bilan Aleysh Vidal “Barselona”ni qishki transfer mavsumida tark etadi.
Ma`lumot uchun, kataloniyaliklar 2015 yilning yozida himoyachini “Sevilya”dan 18 mln evro evaziga sotib olgandi.





