"O`zgidromet" markazi bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l xududlarida, ba`zi joylarida 15-20 m/s gacha, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda va cho`l hududlarda 42-45° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.






