AsosiyJamiyat

Toshkentda bir guruh yigitlar janjallashdi

'Toshkentda bir guruh yigitlar janjallashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Toshkent shahar IIBBning mazkur holat yuzasidan ma`lumot berishicha, janjal joriy yilning 1 iyundan 2 iyun kuniga o`tar kechasi Mirobod tumani, Qo`yliq 4 dahasi hududida sodir bo`lgan. 2005 yilda tug`ilgan B.Sh. hamda 2003 yilda tug`ilgan J.T. va 2004 yilda tug`ilgan M.T. lar og`zaki tortishib qolganligi sababli o`zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

"Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga har qanday muammoni o`zaro kelishuv yo`li bilan hal qilish mumkinligini, janjal-to`polon bilan biror natijaga erishib bo`lmasligini, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunda jazo choralari belgilanganligini tushuntirishingizni so`raymiz", - deyiladi munosabatda .

    Boshqa yangiliklar