AsosiyJamiyat

Prezidentlikka nomzod – Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturi e`lon qilindi

'Prezidentlikka nomzod – Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston respublikasi prezidentligiga nomzod – Shavkat Miromonovich Mirziyoevning saylovoldi dasturi e`lon qilindi.

Muhtaram vatandoshlar!

O`zbekiston o`tgan davrda katta va murakkab yo`lni bosib o`tdi. Bu vaqtda butun jamiyat, odamlar hayoti tubdan o`zgardi, qo`lga kiritilgan ulkan yutuqlar O`zbekistonning har bir fuqarosiga cheksiz faxr va iftixor bag`ishlaydi. Eng muhimi, xalqimiz yutuq va muvaffaqiyatlarni o`z hayotida sezmoqda.

Boshlangan islohotlarga ortga qaytmaydigan, muqarrar tus berish va ularni huquqiy kafolatlash maqsadida 2023 yil 30 aprelda yangi tahrirdagi Konstitusiya qabul qilindi. Asosiy Qonunimiz – xalqimiz barpo etayotgan Yangi O`zbekistonning buyuk poydevori bo`lib xizmat qiladi va kelajakdagi islohotlarning strategik yo`nalishlarini belgilab beradi.

Bugungi kunda O`zbekiston aholisi yiliga 2 foizga o`smoqda. 2030 yilga borib prognozlarga ko`ra 40 millionga etadi. Bunday katta davlatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalqqa munosib sharoit yaratish uchun iqtisodiyot ham, boshqaruv ham, ta`lim va tibbiyot ham yangicha bo`lishi, barcha sohalarda o`sish, rivojlanish bo`lishi kerak.

Shu ma`noda, Yangi O`zbekiston, bu – avvalo inson qadri ulug`langan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaro o`z salohiyatini ro`yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan mamlakatdir.

Yangi O`zbekiston, bu – sog`lom, bilimli va ma`naviy barkamol insonlar yurtidir. Yangi O`zbekiston, bu – global ishlab chiqarishning muhim va ajralmas bo`g`iniga aylangan, kuchli iqtisodiyotga ega bo`lgan davlatdir. Yangi O`zbekiston, bu – fuqarolar va biznes manfaatlari adolatli qonunlar asosida himoya qilinadigan jamiyatdir. Yangi O`zbekiston, bu – vatandoshlarimizni mamlakatimizda va xorijda har qanday sharoitda ham himoya qila oladigan, chegaralari ishonchli qo`riqlanadigan, xavfsiz va barqaror davlatdir.

Erkin va farovon, qudratli davlatni qurishda beshta strategik yo`nalish yaqin kelajakdagi faoliyatimizda hal qiluvchi o`rin tutadi va ko`p millatli xalqimizning orzu-niyatlarini ro`yobga chiqarishga xizmat qiladi.

I. HAR BIR INSONGA O`Z SALOHIYaTINI RO`YoBGA ChIQARISh UChUN MUNOSIB ShAROIT YaRATISh

Yangi O`zbekiston ijtimoiy davlat, deb e`lon qilindi. Xususan, yangilangan Konstitusiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar ko`paytirildi.

Konstitusiyaviy qoida va talablardan kelib chiqib, adolatli ijtimoiy siyosatni yuritish – Yangi O`zbekistonni barpo etishning asosiy omillaridan biri etib belgilangan. Shuning uchun, ta`lim, tibbiyot va aholi farovonligini ta`minlash bo`yicha davlat o`z majburiyatlarini bajarishi uchun bu yo`nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqamiz.

1.1. Ta`lim tizimi islohotlari Yangi O`zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta`lim va tarbiya bo`lishi uchun zarur sharoitlarni yaratish siyosatimizning eng ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`ladi.

Birinchidan, 2030 yilga qadar maktabgacha ta`limga bo`lgan ehtiyojni to`liq qoplab, qamrovni 100 foizga etkazish va bog`chalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun barcha sa`y-harakatlarimizni safarbar qilamiz. Shu maqsadda 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berish uchun imkoniyatlar yaratilib, ishlab chiqarish korxonalarining bog`cha qurishga sarf etiladigan xarajatlarini soliqlardan to`la ozodqilish tartibi ishlab chiqiladi.

2030 yilga qadar qo`shimcha 2 mingta bog`cha qurish choralari ko`riladi. Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bog`cha, shu jumladan xususiy bog`cha xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi. Bolalarni erta yoshdan boshlab zamonaviy axborot texnologiyalariga o`rgatish maqsadida har birbog`chani kompyuter sinfi bilan ta`minlash yuzasidan zarur ishlar amalga oshiriladi. Bog`cha va maktablarni filtrlangan ichimlik suv hamda sanitariya-gigiena infratuzilmasi bilan to`liq ta`minlashga alohida e`tibor qaratiladi.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to`yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo`lga qo`yiladi.

Ikkinchidan, kelgusi etti yilda maktablarda qo`shimcha 2,5 million o`quvchi o`rnini yaratgan holda ta`lim sifatini tubdan yaxshilashni ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida ko`ramiz. Bu borada “Yiliga 500 ming o`quvchi o`rni” dasturini ishlab chiqib, hayotga joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Xususiy ta`limga qo`shimcha engilliklar yaratilib, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida maktablar qurishga alohida ahamiyat beriladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari ta`lim planshetlari bilan to`liq ta`minlanadi va buning uchun zarur moliyaviy imkoniyatlar yaratiladi.

Chekka hududlarda bepul maktab avtobuslarini yo`lga qo`yish imkoniyatlarini ko`ramiz. 2030 yilgacha barcha tuman va shaharlarda “Iste`dod – Intilish – Istiqbol” nomli ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etish, ularda Prezident maktablaridan kam bo`lmagan sharoitlarni yaratish yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bu maktablarda ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun 70 foiz kvota ajratish ko`zda tutiladi. Kelgusi etti yilda chet tillarini o`rgatish uchun barcha maktablarga “til egalari” bo`lgan o`qituvchilar jalb qilinib, bu maqsadlarga har yili 200 milliard so`m mablag` ajratish choralari ko`riladi.

Uchinchidan, oliy ta`lim va ilm-fan tizimlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida rivojlantiramiz. Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo`shma o`quv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etish asosiy vazifa bo`ladi. Biotexnologiya, sun`iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo`nalishlarda iste`dodli yoshlarni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o`qishga yuborish bo`yicha 200 milliondollarlik dasturlarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaymiz.

Kelgusi etti yilda ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirishga 1 milliard dollar ajratilishi uchun moliyaviy imkoniyatlar yanada kengaytiriladi. Madaniyat, san`at va adabiyot vakillari, ma`naviyat sohasi xodimlari, barcha ziyolilarning mashaqqatli va sharafli mehnatini qadrlash va rag`batlantirish bo`yicha qo`shimcha choralar ko`rib boriladi.

1.2. Aholi salomatligini ta`minlash bo`yicha islohotlar

Sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, aholini tibbiyot tizimidan rozi qilish, o`rtacha umr davomiyligini hozirgi 73 yoshdan kelgusida 78 yoshga etkazish bo`yicha barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Birinchidan, aholi o`rtasida ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish ko`rsatkichlarini keskin kamaytirish choralarini ko`ramiz. 2030 yilga qadar onalar va bolalar o`limi, bolalar o`rtasidagi irsiy kasalliklarni kamida 2 barobarga qisqartirish, onkologik, yurak-qon tomir, diabet, nafas yo`llari va yuqumli kasalliklar bo`yicha erta o`limni esa 2,5 barobarga kamaytirish sohadagi eng asosiy vazifalardan biri bo`ladi.

Sil bilan kasallanish darajasini keskin kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar ishga solinadi. Jigar sirroziga olib keluvchi “gepatit S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolashni yo`lga qo`yish zarur deb hisoblaymiz.

Ikkinchidan, 2030 yilga qadar tibbiyotga byudjetdan ajratiladigan yillik mablag` hajmini 2 karra oshirib, uni 6 milliard dollarga etkazish orqali aholini kafolatlangan tibbiy xizmat bilan qamrab olish darajasini yanada kengaytirishni bu yo`nalishdagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilaymiz.

Kelgusi yildan birlamchi bo`g`in orqali eng ko`p uchraydigan 10 ta kasallikni davolash va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paketni aholiga bepul taqdim etish choralari ko`riladi. Tug`ish yoshidagi va homilador ayollar, bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlari davom ettiriladi. Shuningdek, 350 ming nafar diabet, 1,5 million nafar yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to`liq qamrab olishni hayotning o`zi taqozo etmoqda. Har yili yurak nuqsoni bor 5 ming bolani va ko`rish qobiliyatini yo`qotish ehtimoli yuqori bo`lgan 10 ming chaqaloqni bepul davolash rejalarimizdan alohida o`rin oladi. Sog`liqni saqlash tizimi to`liq raqamlashtiriladi va tibbiy sug`urta tizimi joriy qilinadi.

Uchinchidan, onkologik bemorlar davolanishi va sog`ayib ketishi uchun zarur sharoitlarni yaratib, ularning odatiy hayotga qaytishiga ko`maklashamiz.Jumladan, 120 ming nafar onkologik kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to`liq qamrabolish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.Onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida o`zak hujayralarini transplantasiyaqilish amaliyotini yo`lga qo`yish bo`yicha barcha sharoitlar yaratib berildi.Ehtiyojmand oilalarning onkologik kasalligi bor farzandlarida o`zak hujayralarinitransplantasiya qilish uchun xarajatlarni to`liq davlat hisobidan qoplashga zarur moliyaviyresurslar jalb qilinadi.

1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha islohotlar

Ijtimoiy himoya tizimining vazifasi aholini og`ir ahvoldan chiqarish va jamiyatda o`z o`rniniegallashi uchun ko`mak berishdan iborat bo`ladi. Shu bois, ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish tiziminito`liq qayta ko`rib chiqamiz va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha islohotlarni yangi bosqichga olibchiqamiz.Birinchidan, har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyatini va ijtimoiyxizmatlarni manzilli asosda ko`rsatish tizimini yo`lga qo`yamiz.Hayotda og`ir ahvolga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo`lgan har bir oila bo`yicha alohida“ijtimoiy xizmat ishi” yuritish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda, ushbu oilalarda sharoitniyaxshilash, ularga davolash, dorilarni etkazish, farzandlarini bog`chava maktabga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish nazardatutiladi.Tumanlarda ijtimoiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko`rsatadigan ijtimoiyxizmatlar markazlari, psixolog, huquqshunos, ijtimoiy xodimdan iborat “mobil guruhlar”faoliyatini yo`lga qo`yish bu sohadagi vaziyatni tubdan o`zgartiradi.Bolalarni vasiylikka olish tizimi, vasiylarni tanlash mezonlari va monitoring qilish tartibiqayta ko`rib chiqiladi.Ikkinchidan, nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangi tizimni yaratish – halqilinishi lozim bo`lgan asosiy masalalardan biri bo`ladi.Ortopediya, reabilitasiya, tibbiyot va dori vositalarini nogironligi bo`lgan shaxslarning o`zitanlaydigan, davlat esa pulini to`lab beradigan tizimni joriy etish bunday shaxslarga kengimkoniyatlarni yaratadi.Protez-ortopediya buyumlari bilan ta`minlash uchun yo`naltiriladigan mablag`larni hozirgi80 milliard so`mdan 250 milliard so`mga ko`paytirish ushbu yo`nalishda ustuvor vazifa bo`ladi.Nogironlikni belgilash bo`yicha hozirgi tibbiy modeldan ijtimoiy modelga o`tish uchun zarurchoralar ko`riladi.

Bunda, ishlash istagidagi nogiron shaxslarga zarur sharoitlar yaratiladi.Nogironligi bo`lgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblarga bepul o`qitishtizimini yo`lga qo`yish ularning jamiyatga integrasiyasini yanada kuchaytiradi.Oilasidagi nogironligi bo`lgan odamga qarovchi ehtiyojmand insonlarga ish haqi to`lashtizimini joriy qilish ularning manfaatlariga xizmat qiladi.Nogironligi bo`lgan shaxslarni biznesga jalb qilib, daromad topishga o`rgatgan, ularningmahsulotini realizasiya qilishga ko`maklashgan tadbirkorlarga imtiyoz va afzalliklar berishtartibi ishlab chiqiladi.Uchinchidan, Yangi O`zbekistonni – ayollari hayotidan rozi bo`lib, baxtli-saodatli yashaydiganmamlakatga aylantiramiz.Hayotimizning fayzi va ko`rki bo`lgan mehribon onalarimiz, munis opa-singillarimiz, dilbarqizlarimizning huquq va manfaatlarini, sifatli ta`lim olishini ta`minlash, iqtisodiy, ijtimoiyva siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari bundan buyon ham eng asosiy vazifa bo`libqoladi.Qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun huquqiy va psixologik yordam ko`rsatish xizmatikengaytiriladi.Zo`ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha “Call-markazlar”ni tashkilqilish hayotiy zaruratga aylangan.Tug`uruq ta`tilidagi ayollar uchun onlayn ishlash tizimini joriy etish yuzasidan barcha huquqiyasoslar yaratiladi.To`rtinchidan, qadrli otaxon va onaxonlarimizning sog`lig`ini tiklash, mazmunli dam olishiuchun qo`shimcha sharoitlar yaratish bo`yicha katta dastur qabul qilamiz.Yurtimizdagi uch milliondan ortiq nuroniylar har yili bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi,shifoxona va sihatgohlarda davolanishi, ular uchun yurtimiz bo`ylab sayohatlar tashkil etilishibo`yicha barcha sharoitlar yaratiladi.Keksalarga malakali tibbiy xizmat ko`rsatish uchun oilaviy shifokorlik punktlari vapoliklinikalarni qo`shimcha uskunalar bilan ta`minlash choralari ko`riladi.“Uch avlod uchrashuvlari”, “Otalar jasorati – ibrat namunasi”, “O`nta yoshga – bir nuroniy”harakati kabi ma`naviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kengaytirish yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasbetadi.Beshinchidan, biz mamlakatimizda kambag`allikni qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchil davomettiramiz.Mehnat qobiliyatini ishga solish orqali 3 million nafar yoshlarni kambag`allikdan chiqarishasosiy vazifamiz bo`ladi.Ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga oid dasturlar kambag`al aholi bilan birga daromadi past bo`lganqatlamlarni ham qamrab oladigan tizimni yaratish adolatdan bo`ladi.Tadbirkorlarga ijtimoiy sheriklik asosida kambag`al toifa uchun bandlik dasturlarini amalgaoshirishda qo`shimcha imtiyoz va rag`batlar berish tartibini ishlab chiqib, bunga har yili kamida1 milliard dollar yo`naltirish bo`yicha barcha kuch va harakatlarimizni safarbar etamiz.Oltinchidan, har bir oila o`z uy-joyiga ega bo`lishi uchun zarur sharoitlarni yaratamiz.Kelgusi etti yilda 15 milliard dollar hajmidagi mablag`ni yo`naltirish hisobiga qo`shimcha1 million xonadonli uy-joylar qurilishi – asosiy vazifalarimizdan biri bo`ladi.Qurilish-pudrat tashkilotlari hamda aholiga arzon va uzoq muddatli kreditlar taqdim etishtartibi ishlab chiqiladi. II. BARQAROR IQTISODIY O`SISh – AHOLI FAROVONLIGINI TA`MINLAShNINGMUHIM OMILI2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobar ko`paytirib, 160 milliard dollargaetkazish, aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming200 dollardan4 ming dollarga oshirish asosiy strategik maqsadlarimizdan biri bo`ladi.

O`zbekiston “daromadio`rtachadan yuqori bo`lgan davlatlar” qatoriga kirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.Birinchidan, ilg`or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish va bu orqali mehnatunumdorligini 2 barobar oshirish bo`yicha zarur choralarni ko`ramiz.Kelgusi yillarda:– Olmaliqda 3 ta mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodi;– Ohangaron misni qayta ishlash klasteri;– Navoiy, Qo`ng`irot va Qorako`lda yirik kimyo-polimer klasterlari;– Toshkent va Navoiy viloyatlarida fosforit xomashyosidan yuqori qo`shilgan qiymatli tayyormahsulot ishlab chiqarish korxonasi;– Tebinbuloq va G`allaorolda temir ishlab chiqarish majmualari kabi strategik megaloyihalarniishga tushirish bo`yicha tashkiliy-amaliy ishlar olib boriladi.2030 yilgacha yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo`lgan mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar,oltinni – 1,5 karra, kumushni – 3 marta, uranni 3 barobar oshirish bo`yicha imkoniyatlarimiznisafarbar etamiz.Avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo`lishi uchun 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaningloyihalarini ishga tushirish va ishlab chiqarish hajmini yiliga 1 million donaga etkazish asosiyvazifa bo`ladi. Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarilishini ta`minlash bo`yicha zarurchoralar ko`riladi.Sanoatda qo`shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga etkazilishiuchun barcha sharoitlar yaratiladi.Ikkinchidan, tashqi bozorlarga chiqish xarajatlari yuqori ekanini inobatga olib, ilmga asoslangan,yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`paytiramiz.Tashqi bozorlarga chiqish uchun Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish muhim maqsadlarimizdan biribo`lib qoladi.Sanoatni rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilib, unga 1 milliard dollar ajratish orqalimamlakatimizda yuqori qo`shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yangi bosqichga olibchiqiladi.2030 yilga qadar:– 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalarini tashkil qilish;– tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimini to`liqyo`lga qo`yish;– har bir tumanda kamida mingta ish o`rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalarini tashkil etish;– “ay-ti” xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish;– eksport hajmini 2 barobar oshirib, 45 milliard dollarga etkazish ustuvor vazifa bo`ladi.Uchinchidan, butun dunyoda tez rivojlanayotgan “yashil iqtisodiyot”ga o`tish, uning asosi bo`lgan qaytatiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytiramiz.2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini 25 ming megavattga, ularningulushini hozirgi 14 foizdan 40 foizga etkazishga alohida ahamiyat beriladi.2024 yildan boshlab sanoatda “yashil sertifikat”lar bozori yaratiladi.Avtobuslarni to`liq ekologik toza elektr yoki gaz yoqilg`isiga o`tkazish uchun barcha tashkiliymasalalar hal etiladi.Barcha yangi uylar va asbob-uskunalarga energiyani tejash bo`yicha talablar joriy etiladi.Iqtisodiyotda energiya samaradorligini 2 karra oshirib, 2030 yilga borib 50 milliard kilovattsoat “yashil energiya” ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.Bunda, 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlarini barpoetish rejalashtirilib, aniq dasturlar asosida amalga oshiriladi.To`rtinchidan, biznes va aholi ehtiyojidan kelib chiqib, infratuzilmani rivojlantirish bo`yichayangi yondashuvlarni joriy qilamiz.Yo`l-transport sohasida aviaqatnovlar sonini 4 marta oshirish sohadagi asosiy vazifalardan biribo`ladi.Toshkent – Samarqand, Navoiy – Buxoro yo`nalishlarida tezyurar poezdlar uchun qo`shimcha temiryo`llar qurilishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinadi.Elektrlashgan temir yo`llar ulushini 43 foizdan 65 foizga etkazish ham iqtisodiy, ham ekologikjihatdan manfaat keltiradi.Temir yo`l sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlarasosida belgilanishi sohada erkin bozor tamoyillariga o`tishning muhim omilidir.Yirik 6 ta aeroport modernizasiya qilinishi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga etkazilishibu sohada raqobatni oshirib, yo`lovchilarga qulayliklar yaratadi.2030 yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sementbeton yo`llarni qurish va jamoat transporti bilan to`liq qamrab olish choralari ko`riladi.Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg`ona vodiysi yo`nalishlarida yangi avtomobil yo`llariniqurishga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy qilamiz.Xususiy sektor ishtirokida 56 ming kilometr yo`llarni rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlabchiqib, amalga oshirishga alohida e`tibor qaratiladi.Yo`lovchi va yuk tashish hajmini 3 barobar ko`paytirish sohadagi eng asosiy vazifalardan biri bo`libqoladi.2030 yilga qadar barcha aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash muhim hayotiymasaladir. Buning uchun 2,5 milliard dollar ajratish bo`yicha barcha moliyaviy imkoniyatlar safarbaretiladi.Qishloq va ovullarni internet bilan to`liq qamrab olib, uning tezligini 10 karra oshirish yuzasidanimkoniyatlar ishga solinadi.Beshinchidan, mamlakatimizning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirib, iqtisodiyotimizgainvestisiyalarni keng jalb etish, shuningdek, bank tizimini isloh qilish eng asosiy vazifalarimizdanbiri bo`ladi.2030 yilgacha 250 milliard dollar investisiyalar, shu jumladan, 110 milliard dollarni xorijiyinvestisiyalar hisobiga, 40 milliard dollarni davlat-xususiy sheriklik doirasida jalb etish bo`yichabarcha imkoniyatlar safarbar etiladi.Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini hozirgi 18 milliard dollardan 40 milliarddollarga etkazish bo`yicha aniq dasturlar amalga oshiriladi.Bank tizimi islohotlari doirasida bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish uchun zarursharoitlar yaratiladi va banklarni xususiylashtirish tezlashtiriladi.Bank bozoriga yana kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banki kirib kelishi hamda nobank moliyaviyxizmatlarini kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi.Qimmatli qog`ozlar bozori hajmini 10 milliard dollarga etkazish choralari ko`riladi.Xususiy jamg`arib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish uchun barcha qonuniy asoslar yaratiladi.Oltinchidan, xususiy sektor ulushini oshirishni, monopol sohalarni bozor tamoyillariga o`tkazishbo`yicha ishlarni davom ettiramiz.Temir yo`l xizmatlari, avtomobil yo`llari qurish va boshqarish, gaz va elektr etkazib berishnixususiy sektorga o`tkazish orqali raqobat muhiti yaratiladi.Irrigasiya, chiqindini qayta ishlash, ijtimoiy ob`ektlarda energetika va issiqlik ta`minotitizimini boshqarishga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari keng joriy etiladi.Xususiylashtirish dasturi doirasida davlat ulushi mavjud korxonalarni 6 barobarga kamaytirishbo`yicha rejali ishlar amalga oshiriladi.17 turdagi davlat monopoliyasi bekor qilinib, ularga xususiy sektor keng jalb etiladi. Kelgusidafaqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog`liqsohalar davlat tasarrufida qoladi.2030 yilga qadar iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga etkazish asosiy maqsadimiz bo`ladi.Ettinchidan, biznesni qo`llab-quvvatlash, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulaysharoitlar yaratishni bundan buyon ham davom ettiramiz.Rasmiy sektor – nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo`lishi uchun barcha zarur sharoitlaryaratiladi.Soliq tizimini soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratishga alohidae`tibor qaratiladi.Kelgusi yillarda biznes uchun qo`shilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig`ibo`yicha stavkalar oshirilmasligi qat`iy kafolatlanadi.2024 yildan boshlab, yangi uy-joy sotib olgan aholiga qo`shilgan qiymat solig`ining yarmi qaytaribberiladigan tizim joriy etiladi. Qurilishdagi hisob-kitoblar shaffof bo`lishi ta`minlanadi.Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotgan fermerlarga qo`shilgan qiymat solig`ining 50 foiziniqaytarish amaliyoti yo`lga qo`yilishi ularni yanada rivojlantirishda kuchli rag`batlantiruvchi omil bo`ladi.Ijtimoiy reestrga kiritilgan aholini ishga olgan korxonalarga xodimining daromad solig`iniqaytarib berish bunday toifadagi shaxslarning daromadlarini ko`paytirishga xizmat qiladi.Vaqtida soliq to`layotgan korxonalarda qo`shilgan qiymat solig`ini qaytarish muddati bir kun etibbelgilanadi.

Bunday korxonalarda soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi va ularga davlat xaridlaridaustunlik beriladi.“Ochiq muloqot”lar orqali biznes muammolarini hal qilish, biznesga noqonuniy aralashuvga yo`lqo`ymaslik va xususiy mulk daxlsizligi siyosati qat`iy davom ettiriladi.Sakkizinchidan, 2030 yilgacha qishloq xo`jaligida bir gektardan olinadigan o`rtacha daromadni3 ming dollardan 5 ming dollarga etkazish sohadagi bosh maqsad bo`ladi.Hosildorlikni paxta bo`yicha o`rtacha 45-50 sentnerga, g`alla bo`yicha – 80-85 sentnerga oshirish uchunzarur sharoitlar yaratiladi.Qo`shimcha 300 ming gektar maydonlarni o`zlashtirib, ularda intensiv bog` va uzumzorlar tashkil etishrejalashtiriladi.Sabzavot, poliz, kartoshka bo`yicha mahalliy urug`lik ta`minoti hozirgi 15 foizdan 50 foizga etkazishborasidagi mavjud imkoniyatlar ishga solinadi.Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hajmini hozirgi 8 foizdan 25 foizga oshirishga ustuvorvazifa sifatida qaraymiz.Agrotarmoqda 2,5 million tonna quvvatga ega bo`lgan 100 ta yangi logistika markazini ishga tushirishchoralari ko`riladi.Sohada eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga etkazish uchun barcha imkoniyatlarni safarbaretamiz.Qishloq xo`jaligini iqlim o`zgarishlariga mos holda rivojlantirish, tuproq va yaylovlardegradasiyasining oldini olish bo`yicha Milliy dastur qabul qilinadi.Agrar sohaga jami 15 milliard dollar investisiyalar jalb etish ushbu yo`nalishni yangi bosqichga olibchiqishga xizmat qiladi.


 

III. SUV RESURSLARINI TEJASh VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILIShYangi tahrirdagi Konstitusiyamizda davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitniyaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo`yicha chora-tadbirlarni amalgaoshirishi belgilangan. Shu bois, betakror tabiatimizni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga bezavoletkazish bo`yicha ta`sirchan choralarni ko`ramiz.Suv resurslari muammosi kelgusi o`n yillikda mintaqamiz va mamlakatimiz uchun eng dolzarb muammosi kelgusi o`n yillikda mintaqamiz va mamlakatimiz uchun eng dolzarbmasala bo`lib qoladi. Bugungi kunda 70 foiz erlar eski usulda sug`orilmoqda, 60 foiz kanallarbetonlanmaganligi oqibatida yiliga 16 milliard metr kub suv yo`qotilmoqda. Shu sababli, sug`orishda suvtejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarini jadallashtiramiz.Birinchidan, 2030 yilga qadar ekin maydonlarini to`liq suv tejaydigan texnologiyalarga o`tkazishhayotiy zaruratga aylanmoqda.Dalalarga suv etkazadigan ob`ektlar fermer va klasterlar boshqaruviga berilib, suv etkazishtizimiga rivojlangan davlatlar tajribasi keng joriy qilinadi.Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan fermer va dehqonlar yanada rag`batlantiriladi. Buborada 10 foizlik kredit ajratish, o`z hisobidan joriy qilgan er egalariga esa xarajatning 50 foiziniqoplab berish tartibini joriy etish bo`yicha ishlar jadallashtiriladi.Ikkinchidan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada kengaytiramiz.Yashil maydonlarni ko`paytirish uchun yiliga 400 milliard so`m ajratib borilishi aholi maskanlari,umuman, mahallalarda ekologik muhitni yaxshilaydi.Davlat idoralari, korxonalar, oliygohlar ham o`zining yashil bog`larini tashkil qilishi zarur.Yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh barpo etish majburiy talab qilibqo`yiladi.Uchinchidan, 2030 yilgacha respublikada ko`kalamzorlashtirish darajasini 18 foizdan 30 foizgaetkazish aholini qulay ekologik muhitda yashashi uchun sharoit yaratadi.Orolbo`yi mintaqasidagi o`rmonzorlarni kelgusi etti yilda 2,3 million gektarga etkazish buyo`nalishdagi ustuvor vazifa bo`lib qoladi.Toshkent shahrida amal qilayotgan boshqaruv kompaniyalari faoliyatini boshqa hududlarda ham joriyetish maqsadga muvofiq.Barcha qishloq va shaharlarni qattiq maishiy chiqindilarni to`plash xizmatlari bilan to`liq qamrabolish, ularni qayta ishlashni esa kamida 65 foizga etkazish atrof-muhit tozaligini saqlashda muhimahamiyat kasb etadi.Muayyan hududga yangi hokim tayinlanganda, o`sha erda ekologik audit o`tkazish, natijalarinijamoatchilikka e`lon qilish amaliyoti yo`lga qo`yilsa, hudud aholisi hokim oldiga suv va havo tozaligi,ko`kalamzorlashtirish darajasi bo`yicha aniq masala qo`ya oladigan tizim yaratiladi.

IV. QONUN USTUVORLIGINI TA`MINLASh, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOShQARUVINITAShKIL ETISh

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada O`zbekistonga huquqiy davlat degan ta`rif berildi va shu asosda insonhuquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3 barobar ko`paytirildi.Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida xalq xizmatidagi davlatni barpo etish vazifasini YangiO`zbekiston taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri etib belgilaymiz.4.1. Davlat boshqaruviMamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida “Davlat xizmatchisi avvalo xalq xizmatchisi bo`lishishart” degan g`oya yuqori natijadorlikka yo`naltirilgan davlat boshqaruvi tizimini yaratishda biz olib borayotgansiyosatning asosiy talabi bo`ladi.Birinchidan, raqamlashtirish orqali byurokratiyani bartaraf etish prinsipini hayotimizga jadal olibkiramiz.Davlat xizmatlari to`liq elektron shaklga o`tkazilib, davlat boshqaruvida mavjud bo`lgan minglabfunksiyalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish aholi uchun yangi qulayliklarni yaratadi.Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilishida arizani yozish, turlishakllarni to`ldirish kabi ortiqcha formal tartiblar bekor qilinib, davlat idoralari zarurhujjatlarni elektron bazadan o`zi oladigan tizim yaratiladi.Har bir mahallada elektron xizmat nuqtalari ishga tushirilib, mahallalar barcha masalalarni “birqadam” tamoyili asosida hal etadigan maskanga aylantiriladi.Davlat fuqarolik xizmati tizimini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirishga alohida ahamiyatberiladi.Ikkinchidan, ma`muriy islohotlarning yangi bosqichida joylardagi boshqaruvni o`zgartirib, mahalliykengashni xalqning chinakam ovoziga aylantiramiz.Hokimning Kengashga rahbarlik vakolati bekor qilinishi, ularning Kengash oldida, xalq oldidahisobdor bo`lishini, mas`uliyati va javobgarligi oshishini ta`minlaydi.Mahalliy kengash deputatlar korpusini shakllantirish tartib-taomillari qayta ko`rib chiqiladi.Hokim va mahalliy kengashning javobgarlik doirasi va aniq vazifalari belgilangan holda ularfaoliyatida jamoatchilik ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.Uchinchidan, aholi farovonligini ta`minlashda mahallani jamoatchilik va davlat organlario`rtasidagi “tayanch ko`prik”ka aylantirishga alohida e`tibor qaratamiz.Mol-mulk va er soliqlari mahallada qolishi hisobiga, mahalla byudjetida yiliga 3 trillion so`mmablag` paydo bo`ladi.Kelgusi yillarda “Ochiq byudjet”ga beriladigan mablag`ni 3 karra oshirib, 24 trillion so`mga etkazishbo`yicha barcha imkoniyatlar mavjud.Mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilga uzaytirish bo`yicha qonuniy asoslaryaratiladi.To`rtinchidan, ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, ommaviy axborot vositalari faoliyatiningerkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo`lgan huquqlarini qat`iykafolatlaymiz.Nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada qo`llab-quvvatlab, ular uchun barcha sharoitlaryaratiladi.Siyosiy partiyalar rolini oshirish, ular o`z kuchi va imkoniyatlarini amalda to`la namoyon etishi uchunaralash, ya`ni majoritar – proporsional saylov tizimi joriy etiladi.4.2. Sud-huquq tizimi islohotlariQonun ustuvorligi, sud mustaqilligini oshirish va adolatni ta`minlashni ustuvor vazifa debhisoblaymiz. Yangi O`zbekistonda fuqaro va biznesning himoyachisi faqat qonun va sud bo`lishigaerishamiz.Birinchidan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratinio`rnatib, odil sudlovga erishish darajasini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz.Tergovda shaxs huquqini cheklashga sanksiya berish masalasi alohida sudyalar tomonidan ko`ribchiqilishi amaliyoti yo`lga qo`yiladi.Odamlarni “qamoqqa olib tergov qilish” amaliyoti kamaytiriladi, buning o`rniga garov ehtiyotchorasidan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Bu masalada ayblanuvchi yoki himoyachi tomonidansudlarga ehtiyot chorasini o`zgartirish yuzasidan murojaat qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.Qamoqdagi shaxslardan olingan “aybni bo`yniga olish” haqidagi ariza dalil sifatida qabulqilinmasligi ta`minlanadi.Ikkinchidan, jinoyat ishi qo`zg`atish va jazo berish bo`yicha yondashuvlarni qayta ko`rib chiqamiz.Jabrlanuvchining iltimosiga asosan jinoyat ishini qo`zg`atmasdan ham yarashish imkoniyati yaratiladi.Jinoyat sodir qilgan shaxslar kelgusida tuzalish yo`liga o`tishi uchun muqobil jazo va boshqa huquqiyta`sir choralari kengaytiriladi.Uchinchidan, tadbirkorlar uchun jinoiy javobgarlikka oid qonunchilikni yanada liberallashtiramiz.Soliqqa oid jinoyatlar bo`yicha tadbirkor sud hukmi chiqqunga qadar zararni qoplasa,javobgarlikdan ozod etish tartibi joriy etiladi.Tergov-sud jarayonida tadbirkorni himoya qilishga Biznes ombudsman va Savdo-sanoat palatasini jalbetishga oid yangi tartib o`rnatiladi.V. YaNGI O`ZBEKISTON – XAVFSIZ VA TINChLIKSEVAR DAVLATYangi tahrirdagi Konstitusiyada O`zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikkiva ko`p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatniamalga oshirishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, uzoq va yaqin davlatlar bilan do`stlik aloqalari vao`zaro hamkorlikni barcha sohalarda rivojlantiramiz.5.1. Tashqi siyosatBiz ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishni davom ettiramiz.Birinchidan, Yangi O`zbekiston tashqi siyosatini faqat xalqimiz va davlatimizning milliymanfaatlaridan kelib chiqqan holda olib boramiz.O`zbekistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi tashabbuslari xalqaromaydonda faol ilgari suriladi.Qo`shni davlatlar bilan yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari jadalrivojlantiriladi.Markaziy Osiyoda turli yo`nalishlar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transportyo`laklarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.Ikkinchidan, xorijdagi vatandoshlarimizni qo`llab-quvvatlab, ularning yurtimiz taraqqiyotida faolishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beramiz.Xorijdagi vatandoshlarimiz orasida ona tili, milliy madaniyat va an`analarni targ`ib etishbo`yicha tizimli choralar ko`riladi.Vatandoshlarimizga dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadanturib foydalanish imkoniyati yaratiladi.Uchinchidan, tashqi mehnat migrasiyasi tizimini to`liq isloh qilib, xorijga ishlash uchun borayotganaholimizni kasbga va chet tillariga o`qitish ko`lamini kengaytiramiz.Xorijda ishlash istagidagi yurtdoshlarimiz Evropa va Osiyoning yuqori haq to`lanadiganmamlakatlariga ishga borishlari uchun davlat tomonidan ko`mak berish tartibi joriy etiladi.Murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga huquqiy va boshqa yordamlar ko`rsatish ko`lamikengaytiriladi.Mehnat migrantlari va ularning oila a`zolari davlatimiz, xalqimizning doimiy g`amxo`rligida bo`ladi,ularning farzandlari o`qishi va oliygohlarga kirishida ham engilliklar beriladi.

5.2. Xavfsizlikni ta`minlash masalalari Jahonda sodir bo`layotgan murakkab jarayonlar sharoitida bizning bosh maqsadimiz – O`zbekistonningdavlat mustaqilligi, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini yanada mustahkamlashdaniborat bo`ladi.Birinchidan, Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyatimiz va harbiy salohiyatimizniyanada oshirish maqsadida milliy armiyamizni 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiytexnika bilan ta`minlaymiz.Qo`shinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash, ularniijtimoiy-huquqiy himoya qilish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida boshlanganishlar jadal davom ettiriladi.Ikkinchidan, harbiy-jangovar qudrat va yuksak ma`naviy salohiyatni O`zbekiston Qurolli Kuchlariningikki buyuk tayanchiga aylantiramiz.Harbiy xizmatchilarimizni, maktab, texnikum va oliygohlarda o`qiyotgan bolalarimizni, barchayoshlarimizni tariximiz va ma`rifatparvar ajdodlarimiz merosi asosida tarbiyalash uchun zarursharoitlar yaratiladi.Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlargahurmat g`oyasi atrofida birlashtirish bo`yicha alohida dastur asosida ish olib boriladi.Davlatimiz ramzlari, xususan, bayrog`imiz xonadonlarda ham hilpirab turishi uchun zarur huquqiyasoslar yaratilib, milliy g`ururimiz timsoliga aylantiriladi.Aziz va muhtaram yurtdoshlar!Dunyoda qarama-qarshilik va to`qnashuvlar tobora kuchayib borayotgan, ertaga xalqaro vaziyat qanday tusolishini oldindan aytib bo`lmaydigan bugungi g`oyat murakkab zamonda ko`zlagan maqsadlarga erishish osonbo`lmaydi.Lekin o`tgan davrda xalqimiz bilan katta safarbarlik ruhida ishlashni, aniq natijalarga erishishnio`rgandik. Ilgari o`n yillar kerak bo`lgan yo`lni qisqa muddatda bosib o`tdik. Etarlicha bilim va tajribaorttirdik. Jahonda qancha do`st va hamkorlar topdik. Dunyo – bizga, biz dunyoga ochildik.Eng muhimi, o`zining necha ming yillik shonli tarixi davomida har qanday sinov va mashaqqatlardanyorug` yuz bilan o`tib kelayotgan, mard va matonatli xalqimiz bizga ishondi.Endi ana shu ishonchni amaliy ishlarimiz bilan yanada mustahkamlash davri keldi. Agar ezgumaqsadlarimiz yo`lida jipslashib, hammamiz bir bo`lib, astoydil harakat qilsak, men ishonaman,bundan ham katta marralarni zabt eta olamiz.Men, olijanob, buyuk xalqimiz bilan birga yurtimizda erkin va farovon hayot, inson qadri baland bo`lganyangi davlat, yangi jamiyatni barpo etishga qattiq bel bog`laganman.Bu yuksak mas`uliyatli vazifani ado etish yo`lida o`zimning bor kuch-g`ayratim, bilim vatajribamni, kerak bo`lsa, butun borlig`imni bag`ishlashga tayyorman.El-yurtimizga farzandlik sadoqati bilan xizmat qilishdek buyuk e`tiqod doimo hayotimning ma`nomazmuni bo`lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo`lib qoladi.O`zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatimizga, islohotlarimizga katta ishonch bildirib,meni hamisha qo`llab-quvvatlab kelayotgan ona xalqimga chin dildan ta`zim qilaman.Aziz do`stlar!Oldimizda turgan keng ko`lamli, g`oyat serqirra va mas`uliyatli vazifalarni ado etishda bizgaYaratganning o`zi madadkor bo`lsin!

    Boshqa yangiliklar