AsosiyJinoyat

Samarqandda ayolning yalang`och video va rasmlarini tarqatmoqchi bo`lgan 40 yoshli qo`lga olindi (video)

'Samarqandda ayolning yalang`och video va rasmlarini tarqatmoqchi bo`lgan 40 yoshli qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning mart oyida 40 yoshli erkak 33 yoshli ayol bilan tanishib, ishqiy munosabatga kirishib yuradi. Vaqt o`tib, oradagi munosabatlar buzilgach, erkak ayolning uyatsiz video va rasmlarini internetga tarqatish bilan qo`rqitib, ayoldan pul talab qiladi.

Ayolning arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, erkak Samarqand shahar Abdurahmon Jome ko`chasida ayoldan 5 mln so`m pullarni olayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Holat yuzasidan erkakka nisbatan JKning 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi va 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar