AsosiyJinoyat

Andijonda elektr ta`minoti korxonasi iste`molchilardan undirilgan 738 mln so`mni o`zlashtirdi

'Andijonda elektr ta`minoti korxonasi iste`molchilardan undirilgan 738 mln so`mni o`zlashtirdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo`limi tomonidan "O`zenergoinspeksiya" Andijon hududiy bo`limi bilan hamkorlikda tekshiruv o`tkazilgan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Paxtaobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ul shaxslari 2020-2022 yillar va joriy yilning 3 oyi davomida elektr ta`minoti uchun iste`molchilardan undirilgan 738 mln so`mni kirim qilmasdan o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Tekshiruv jarayonida etkazilgan zararning 315 mln so`mi undirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar