AsosiyJinoyat

Toshkentda 34 yoshli erkak 12 qavatli binoning lift shaxtasidan yiqilib vafot etdi

'Toshkentda 34 yoshli erkak 12 qavatli binoning lift shaxtasidan yiqilib vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 03:30larda Yangihayot tumani, Xushnud MFY, 13-uy yonidagi qurilishi tugallanmagan 12 qavatli binoning lift shaxtasidan fuqaro B.Q. pastga yiqilib, hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, vafot etgan shaxs 1989 yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug`ilgan. U “G`ayrat Inshoat” MChJ qurilish firmasida ishchi sifatida ishlab kelgan.

Ma`lum bo`lishicha, 21 iyun kuni kech soat 03:30larda Yangihayot tumani, Xushnud MFY, 13-uy yonidagi qurilishi tugallanmagan binoning 
12-qavatidagi lift shaxtasiga beton quyish ishida ishtirok etib, beton qolipini shaxtadan ajratib olish jarayonida, qolip ko`tarma kranga ilinmaganligi natijasida pastga qulab, hodisa joyida vafot etgan.

Holat bo`yicha Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar