AsosiyJamiyat

Samarqandda cho`milish xavzasi ochilish marosimida yarim yalong`och qizlar o`yin ko`rsatdi

'Samarqandda cho`milish xavzasi ochilish marosimida yarim yalong`och qizlar o`yin ko`rsatdi'ning rasmi

Samarqandda katta tadbir o`tkazib, qizlarni yarim yalong`och raqs tushtirgan cho`milish havzasi mas`ullariga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 16 iyun kuni Samarqand tumani "Yangiariq" mahallasida joylashgan "Vavilon" cho`milish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman "Kulba" mahallasida yashovchi fuqaro D.Nasimov ommaviy tadbirlarni o`tkazish qoidasini qo`pol ravishda buzib, 2000 ga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy tadbir uyushtirgan.

Tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalang`och holatdagi behayo o`yinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidani tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Samarqand tuman sudiga yuborildi.

Tadbirda behayo o`yinlar ko`rsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari ko`rigidan o`tkazilib, OITS va OIV ga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar