AsosiyJamiyat

Bugun havo harorati 44° bo`ladi

'Bugun havo harorati 44° bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 42-44° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar