AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yaroqlilik muddati o`tib ketgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotgan do`konlar fosh etildi

'O`zbekistonda yaroqlilik muddati o`tib ketgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotgan do`konlar fosh etildi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomonidan aholini sifatli iste`mol tovarlari bilan ta`minlash maqsadida respublika bo`yicha sertifikatlanmagan, saqlash muddati o`tib ketgan, kontrafakt va iste`molga yaroqsiz tovarlarni sotayotgan savdo obektlarida monitoring ishlari olib borilmoqda. Bu haqda federasiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Kegeyli tumanida faoliyat yurituvchi YaTT Utegenova Moldirga tegishli savdo do`koni ko`zdan kechirilganda jami 877 500 so`mlik yaroqlilik muddati o`tib ketgan oziq-ovqat mahsulotlari borligi, bundan tashqari, ishlab chiqarilgan joyi, manzili va yaroqlilik muddati ko`rsatilmagan shirinliklar va veterinariya ma`lumotnomasi mavjud bo`lmagan go`sht mahsulotlari sotilayotgani ma`lum bo`ldi. 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani “Dehqon bozori” MChJ hududidagi savdo do`konlarida sotuvga qo`yilgan oziq-ovqat mahsulotlari o`rganilganda bir nechta mahsulotlarda, ya`ni, go`sht va go`sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, kolbasa va pishloqlar, saryog`, qandolatchilik mahsulotlari, salqin ichimliklar va konserva mahsulotlarida ishlab chiqarilgan sanalari, yaroqlilik muddatlari, ayrim kolbasa mahsulotlarining qadog`ida esa mahsulot haqida hech qanday ma`lumotlar mavjud emasligi kuzatildi.

Buxoro, Jizzax,  Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg`ona, Xorazm viloyatlaridagi oziq-ovqat chakana savdo do`konlarida oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o`tganligi ma`lum bo`lgan. 

 

    Boshqa yangiliklar