AsosiyJamiyat

O`zbekistonda nosvoy savdosi nega qonuniylashtirilmoqda? Mutaxassis ko`pchiligimizga arzimas bo`lib ko`rinadigan nosvoyning zararlariga e`tiborimizni qaratdi

'O`zbekistonda nosvoy savdosi nega qonuniylashtirilmoqda? Mutaxassis ko`pchiligimizga arzimas bo`lib ko`rinadigan nosvoyning zararlariga e`tiborimizni qaratdi'ning rasmi

Joriy yilning aprel oyida Toshkentda "Tamakiga qarshi kurash doirasida tamaki iste`moli, jumladan, nosvoyning zararini kamaytirish yo`llari: ilmiy tadqiqotlar va jahon tajribasi" mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo`lib o`tdi.

 Ushbu anjuman ishtirokchisi oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan shifokor Farhod Baxramovich Toshbekov"Alkogolli va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida"gi qonunda nazarda tutilgan tartiblar haqida batafsil ma`lumot berdi.

"Alkogolli va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida"gi qonun nizomida nosvoyni qonuniylashtirish qayd etilgan. Bu haqda sizning fikringiz qanday? 

Nima ham deymiz, bu  o`z vaqtida qabul qilingan qarordir. Nosvoy iste`molchilarining soni sezilarli darajada oshdi va afsuski, o`sishda davom etmoqda. Biz esa shuni bilamizki, u hali ham qadimgi davrlardan beri qo`lbola usulda, nazoratsiz ishlab chiqariladi. Oddiy sigaretlar narxining ko`tarilishi fonida ko`plab chekuvchilar shunchaki nosvoy iste`mol qilishga o`tib ketmoqdalar. Lekin nosvoy sifati davlat tomonidan nazorat qilinadigan oddiy sigaretlarga qaraganda inson salomatligiga ancha zararli ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun qaror to`g`ri deb o`ylayman. Biroq “ha” deb javob berib, hozircha uni ishlab chiqarish va mamlakatda aylanmasi uchun texnik shartlar, standartlarni aniqlab olish kerak.

 O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra, fuqarolarning hayoti va sog`lig`iga zarar etkazuvchi har qanday faoliyat, ayniqsa, tutunli yoki tutunsiz tamaki mahsulotlari lisenziyalanishi lozim.

Nosvoyni iste`mol qilish bilan bog`liq asosiy muammolar va xavflar qanday?

Kuni kecha bitta tadqiqotning materiallari e`lon qilindi, unga ko`ra O`zbekistonning 6 ta viloyatidan olingan nosvoy tanlab olingan namunalarining tahlili nihoyatda dahshatli manzarani ko`rsatdi. Mamlakatning ayrim hududlarida misol uchun mishyak kabi og`ir metallar bo`yicha me`yorning oshib ketishi ushbu toifadagi mahsulotlar uchun belgilangan sanitariya xavfsizligi me`yorlaridan 400 barobar oshib ketganini ko`rsatdi. Ushbu me`yorlardan oshib ketish markaziy va periferik asab tizimlariga ta`sir qiladi, qon tomirlari, jigar, buyraklar, yuqori nafas olish yo`llari, oshqozon-ichak traktiga ta`sir qiladi. Og`ir metallarning yuqori konsentrasiyasi qandli diabetning rivojlanishiga sabab bo`ladi. Masalan, tanadagi bariy miqdori oshib ketganda, u qon hujayralari, mushak to`qimalari, neyronlar, yurak to`qimalari hamda boshqa a`zolarga ta`sir qila boshlaydi. Ammo taqdim etilgan nosvoy namunalarda bizdagi birinchi namunadagi me`yordan oshib ketishi 730 marta, 3 chi namunada esa 6400 martani tashkil etgan.

Nosvoyni iste`mol qilish va u bilan bog`liq xavflarni kamaytirish uchun qanday tartibga solish choralarini zarur deb hisoblaysiz?

Ehtimol, men yuqorida aytib o`tgan lisenziyalash bo`lsa kerak. Ya`ni, uni ishlab chiqarish uchun ruxsat olish. Bu bildirishnoma tariqasida bo`lishi mumkin. Muhimi, nosvoy ishlab chiqaruvchisi qo`lida bo`lishi va uni ishlab chiqarish uchun mamlakatda tasdiqlangan sanitariya me`yorlariga muvofiq mahsulotlar xavfsizligini belgilaydigan masalliqlarning tarkibi va ularning hajmlari bo`yicha texnik shartlarga rioya qilinishidir. Albatta, taklif qilingan talablarga rozi bo`lmagan muxoliflar doimo bo`ladi. Biroq, hayot nimanidir boshlash kerakligini ko`rsatdi, ushbu masalani o`z holigi tashlab qo`ymaslik kerak. Aks holda, biz aholini, iste`molchilarni, insonni ich ichidan emiradigan ko`plab kasalliklar girdobiga mahkum qilamiz. Nazorat qilish uchun nosvoyni sertifikatlashtirilishi kerak bo`lgan tovarlar ro`yxatiga kiritish kerak. Bu nimani anglatadi: ishlab chiqarishdan oldin laboratoriya tasdiqlanishi talab qilinadi, bu nosvoyda ishlatiladigan masalliqlarning kimyoviy tahlilini sanitariya me`yorlariga muvofiq tekshirgandan so`ng, uni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma beriladi. Albatta, yirik ishlab chiqaruvchi bunday laboratoriyaga texnik xizmat ko`rsatishga ega bo`la oladi, lekin juda ko`p bo`lgan kichik ishlab chiqaruvchi haqida nima deyish mumkin? Pullik asosda bunday xizmatlarni taqdim etuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etish zarur. Yoki o`z laboratoriyasiga ega yirik ishlab chiqaruvchi bunday pullik xizmatlarni taqdim etishi kerak bo`ladi. Shunda nosvoyning tarkibini kimyoviy tarkibi bo`yicha qadoqda aniq ko`rsatish mumkin bo`ladi. Reklama to`g`risidagi qonunga ko`ra, qadoqlarda nosvoyning xavfliligi haqida turli ogohlantirishlar ham qilish mumkin. Albatta, nosvoy ishlab chiqarish va aylanmasiga aksiz solig`i miqdorini milliy manfaatlar va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda rivojlantirish zarur bo`ladi. Bu minimal, deyarli ramziy bo`lishi lozim, zeronosvoy iste`molchilari daromadi past bo`lgan odamlardir. Ularning ko`pchiligi, aslida, sigaretani sotib olish qimmatligi tufayli uni sotib olishga imkoni bo`lmagan odamlardir. Aynan shu sababdan, nosvoy iste`molchilarining o`sishi kuzatildi. Va, albatta, bu aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini faol targ`ib qilishdir. Shaxs shakllanishining dastlabki bosqichida maktablarga alohida e`tibor qaratilishi, umuman chekish kabi zararli odatdan doimiy nafratlanishga erishish kerak.

Nosvoyning tartibga solinishini qo`llab-quvvatlashga doir qanday dalillar mavjud?

Ular nihoyatda ko`p sonlidir. Mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, mamlakatimizda nosvoy iste`molchilari soni 2,5 million kishiga etgan. Nosvoyni qo`lbola tarzda ishlab chiqaruvchilar yiliga 5,5 ming tonnadan ziyod tamaki ishlatadi. Bu hajm 10 milliard oddiy sigaret ishlab chiqarish bilan taqqoslanadi. Nazoratsiz ishlab chiqarish, qo`lbola nosvoy xalq salomatligiga qanday zarar keltirishini tasavvur qila olasizmi. O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligining Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sohasida tadqiqotlarni strategik rivojlantirish xalqaro markazi tomonidan o`tkazilgan so`nggi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mamlakatimizda nosvoy iste`molchilarining ayniqsa qishloq joylarda 35% ni 15 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan shaxslar tashkil etar ekan. Vaziyat dahshatli bo`lib , shoshilinch choralar ko`rishni talab etadi.

 

Iste`molchiga zararini kamaytirish maqsadida chekish/nosvoy iste`mol qilishning muqobil variantlari qanday?

Chekishga muqobil bitta — bu chekishni tashlash, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish. Tamaki chekish muammosi butun dunyoda bor. Ona sayyoramizning hozirgi 8 milliard aholisining 1,5 milliardi tamaki mahsulotlari iste`molchisidir. Va ushbu hodisa bilan dunyo qanchalik kurashmasin, u barqaror mavjud bo`lib qolmoqda. Men insoniyat oldiga qo`yilgan ushbu dolzarb muammolarni hal qilishda dunyo qaerga tomon ketayotganini o`zim uchun anglash uchun ushbu masalani alohida o`rganib chiqdim. Ushbu sohaning hozirgi rivojlanish tendensiyalari tutunsiz tamaki mahsulotlarini iste`mol qilishga o`tishga qaratilgan. O`zidan kantirogenlar, smolalar chiqaradigan sigaretalar kabi tutunli tamaki mahsulotlari o`pka saratoni rivojlanishiga olib kelishi barchaga ma`lum va JSST tomonidan ham bu tan olingan. Shu sababli, dunyoning tibbiy va ilmiy hamjamiyati tamaki iste`molidan zararni kamaytirishga yordam beruvchi muqobillarni izlamoqda. 

Bu hisobda turli xil nikotinli plastirlar, nikotinli saqichlar, nikotinli paketchalar va organizmga kamroq zarar etkazadigan boshqa mahsulotlar mavjud. Sigaretning qanday zarari nimada. Bular olov, tutun, hid, kul, tutundagi zararli moddalarning yuqori darajasi. Masalan, tutunsiz veyplar tamakining va uning yonish jarayoni mavjud emasligi bilan ajralib turadi, ya`ni tutun yo`q, demak, kul yo`q va natijada ba`zi tadqiqotlarga ko`ra 99% ga etgan holda o`pkaga zarari ancha kamroq bo`ladi. Albatta, bu yangi mahsulotlar ham tanaga zararli ekanligini anglamoq kerak, ammo ularning toksikligi kamroqdir, chunki zararli moddalarning asosiy tarkibiy qismlari mavjud emas. 

 

Chekishning muqobil variantlari chekish darajasini sezilarli darajada kamaytirishga olib kelgan mamlakatlar misollari bormi?

Ha, shunday davlatlar bor. Shunisi hayratlanarliki bular Buyuk Britaniya, Shvesiya kabi rivojlangan davlatlardir. Shvesiyada tutunsiz oral nikotin mahsulotlari an`anaviy ravishda keng tarqalgan. Agar bu mamlakat aholisi salomatligiga qanday ta`sir ko`rsatishini ko`rib chiqsak, quyidagi holatni ko`ramiz. Vengriyada 35 yoshdan oshgan erkaklar orasida o`pka saratonidan o`lim darajasi, masalan, 100 ming kishiga 190 ....ni tashkil etadi. Polshada 145, Latviyada 120, Gresiyada 118, Ispaniyada 105, Fransiyada 105, Germaniyada 80 va dunyodagi eng yaxshi natija Shvesiyada 38. Bunda Shvesiyaning mahsuloti bizniki deyarli birdek o`xshash. Albatta, yanada tozalangan, ammo biz an`anaviy nosvoyimizning tarkibini Shvesiya standartlariga imkon qadar yaqinroq qilishni taklif qilishimiz mumkin. Qabul qilingan “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini tartibga solish to`g`risida”gi qonunda O`zbekiston bozorida 3 yildan buyon mavjud bo`lgan tutunsiz nikpeklarni taqiqlash bandini taklif qilgan nazorat organlarimizning pozisiyasini unchalik tushunmadim. Taqiq maktab o`quvchilarining ushbu mahsulotni iste`mol qila boshlagani bilan izohlandi. Ammo kechirasiz, bu mahsulot bolalar uchun emas, balki birinchi navbatda zararli odatdan xalos bo`lishni xohlaganlar uchun. Va men o`tgan 3 yil ichida mamlakatda 250 million paketchalarda nikpak sotilganini bilib oldim va albatta, bu bolalar emas, balki kattalardir. Bu taqiq bilan biz shunga erishamizki, ushbu mahsulotlarning kontrabandasi ortadi va nikpak foydalanuvchilari yana ancha zararli bo`lgan mahsulot sigaretni chekishga o`tadilar. Rossiya shu yo`ldan bordi va hozirda ushbu mahsulotlar kontrabandasining o`sishi ikki barobarga oshdi, ular eng past sifatlisi ya`ni, Afg`oniston, Pokiston va boshqa mamlakatlardan keltirilgan mahsulotlardir. Albatta, bu JSST tavsiyalariga ko`ra eng ezgu niyatlar bilan qilingan chora bo`lgan, biroq har bir davlat o`z milliy manfaatlari hamda o`rnatilgan an`analaridan kelib chiqishi kerak. Nikpak dorixonalar va chakana savdo nuqtalarida oddiy iste`mol mahsuloti sifatida sotiladigan mamlakatlar ro`yxati: AQSh, Shvesiya, Norvegiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Polsha, Chexiya, Fransiya, Islandiya, Slovakiya, Xorvatiya, Avstriya, Sloveniya, Latviya, Estoniya. Masalan, nikpakning yoshlar o`rtasida keng tarqalishidan cho`chisak, dorixonalarda sotishga ruxsat berishimiz mumkin, bu erda dori vositalarining savdosi jiddiyroq nazorat qilinadi.

O`zbekiston jamoatchiligining nikotinli paketchalarni 21 yoshgacha bo`lgan o`smirlar iste`mol qilishi ular hidsiz va ularni nosvoy va sigaret chekishdan farqli o`laroq ota-onadan yashirin iste`mol qilish imkonining borligidan xavotiri, O`zbekistonda nikotin pauch-paketchalarini iste`mol qiladigan yosh guruhlariga nisbatan KANTAR xalqaro tadqiqot markazi tomonidan 2021-2023 yillarda o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra tasdiqlanmagan.  Ushbu tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, 2021 yil yanvar oyida - ushbu mahsulotlar iste`molchilari toifasidagi iste`molchilarning 89% 20 yoshdan 29 yoshgacha bo`lganlardir. 2023 yil mart oyi holatiga ko`ra, atigi 34% ushbu yosh toifasida va 54% 30-44 yosh oralig`ida edi. Bu shuni anglatadiki, o`rtacha nikotin paketchalarini iste`mol qiluvchilari doimiy ravishda 30 yoshdan oshgan, binobarin o`smirlar guruhida esa nosvoy iste`moli tobora ortib bormoqda. Bizda hamon shunday odat mavjudki, kimdir qizg`in mavzuda jon kuydirib gapirsa hech qanday tadqiqotlarsiz, ekspert xulosalarisiz darhol taqiqlarga murojaat qilinadi. Taqiqlash emas, balki nazorat qilish va tartibga solish lozim.

 

    Boshqa yangiliklar