Jahon chempionatida oltin medalni qo`lga kiritgach Hasanboy Do`smatov Andijon viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Qayd etilishicha, kuni kecha Andijonda tashkil etilgan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do`smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg`a qilgan. Bu haqda O`zbekiston Boks federasiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, Hasanboy 1-14 may kunlari o`tkazilgan Jahon chempionatida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratib, oltin medalni qo`lga kiritgandi.






