Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX hamkorlik olib borgan tezkor tadbirda ana shunday firibgarlarning bir nechasi ushlandi.
Jumladan, Fuqaro L.T. va boshqalar fuqaro B.X.ni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 6 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu kabi holat Farg`onada ham qayd etildi. Fuqaro Sh.A. fuqaro F.M.ni qo`shni Qirg`iz Respublikasi davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yib, keyinchalik o`qishini tanishlari yordamida Farg`ona davlat universitetiga ko`chirib berish evaziga 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
U Qirg`iziston davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yib, keyinchalik o`qishini tanishlari yordamida Farg`ona davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilgan.






