AsosiyJamiyat

Bayram munosabati bilan "Toshkent — Xiva" - "Xiva — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha poezdlar yo`lga qo`yiladi

'Bayram munosabati bilan "Toshkent — Xiva" - "Xiva — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha poezdlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Qurbon Hayiti arafasida "Toshkent — Xiva — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha poezdlar qo`yilganini "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Axborot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, joriy yilning 28 iyun kuni Qurbon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi yo`nalishlarda qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi.

26, 28, 30 iyun va 2 iyul kunlari
156-sonli "Toshkent — Xiva" yo`nalishi
Toshkent 16:28 — Xiva 7:10

27, 29 iyun va 1, 3 iyul kunlari
155-sonli "Xiva — Toshkent" yo`nalishi
Xiva 8:28 — Toshkent 00:30

Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar