Vladimir Putin shunday dedi:
Mamlakatni ichki xiyonatdan himoya qilamiz. Va bu aniq xiyonat. Haddan tashqari shaxsiy ambisiyalar xiyonatga olib keldi.
Bizning harakatlarimiz ongli ravishda xiyonat yo`liga kirgan har bir kishiga nisbatan qattiq bo`ladi. RF Qurolli Kuchlari barcha kerakli buyruqlarni oldi.
Oliy Bosh Qo`mondon sifatida mamlakatni himoya qilish uchun hamma narsani qilaman.
Harbiy qo`zg`olonni uyushtirganlar Rossiyaga xiyonat qilishdi. Va ular buning uchun javob berishadi.
Rostov-Donuda vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha qat`iy choralar ko`riladi. Isyon tashkilotchilari Rossiyaga xiyonat qilishdi va buning uchun javob beradilar.
Putin qo`zg`olon ishtirokchilarini yagona to`g`ri tanlov qilishga – jinoyatda ishtirok etishni to`xtatishga chaqirdi.
24.06.2023 13:02
Putin xalqqa murojaat yo`lladi
