Bugun Qozog`istonning Qarag`anda viloyatidagi “Spassk” o`quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g`olib bo`lgan o`quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.
Xalqaro yoshlar ishtirokida 17-23-iyun kunlari bo`lib o`tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko`pkurash musobaqalari o`tkazilib, yigit-qizlar o`rtasida o`zaro do`stona raqobat muhiti yaratildi.
Jumladan, tadbir ishtirokchilaridan iborat
43 ta jamoa vakillari:
- harbiylashgan estafeta,
- arqon tortish,
- qurolni noto`liq holda sochib-yig`ish,
- ommaviy qirg`in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish,
- pnevatik miltiqda o`q otish,
- turnikda tortilish hamda intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo`nalishlarida o`zaro kuch sinashishdi.
Musobaqalar yakuniga ko`ra:
Qozog`iston terma jamoasi — I o`rinni,
O`zbekiston terma jamoasi — II o`rinni,
Ozarbayjon terma jamoasi esa III o`rinni egalladi.






