Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryodagi suv omboriga mashina tushib ketibdi. Haydovchisi haqida ma`lumot yo`q” – sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bilan chiqdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 24 iyun kuni soat 12:30 larda 1994 yilda tug`ilgan haydovchi “Lasetti” rusumli avtomobili bilan “Xisorak-Sariosiyo” yo`nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo`qotib, ushbu hududdan o`tuvchi “To`palang” daryosiga tushib ketgan.
Natijada avtomashina ichida bo`lgan 2007 yilda tug`ilgan yo`lovchi engil tan jaroxati olib tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Haydovchi Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra hodisa sodir bo`lishidan oldin sog`ligi yomonlashgani va yurak eshimik ehtimoli yuqori bo`lganligi sababli vafot etgan.
“Haydovchilardan avtomototransport vositasini boshqarishdan oldin o`zlarining sog`ligi hamda transport vositasining texnik sozligiga ishonch hosil qilib rul boshqaruviga o`tirishlarini, yo`llarda charchoq sezganda yo`lning xavfsiz bo`lgan hududida harakatlanishdan to`xtashlarini so`raymiz”, deyiladi xabarda.






