Energetika vazirligi 26 iyun kuni Toshkent shahridagi 7 ta MFYning ayrim ko`chalarida elektr ta`minoti vaqtincha o`chirilishini xabar qildi.
Xususan,
Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” va “Muhandislar” MFYlarining ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Qozirobod” va “Katta Qozirobod” MFYlarining ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Sergeli tumani: “Eski Jaloyir” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Mirobod tumani: “Tong yulduzi” va “Fayzobod” MFYlarining ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Ma`lum qilinishicha, lektr ta`minoti vaqtincha o`chirilishi iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida amalga oshirilmoqda.






