Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ayollarga shisha idish uloqtirib, ularning birining yuzi jarohatlagan erkak voqeasi haqida xabar bergan edik.
O`sha erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
“Kitob tumanining ‘Guliston’ mahallasida yashovchi fuqaro R.D. tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi ‘Karavan’ oshxonasida o`tirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh. fuqaro R.D. va uning tanishlari o`tirgan oshxona stoliga kelib o`tirgan. Turib ketgach, biror etarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun mo`ljallangan shisha idishni otgan. Natijada shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda bo`yin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, ular shifoxonaga tushgan”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.
Qo`shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB Tergov bo`limi tomonidan fuqaro B.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






