AsosiyJamiyat

Temir yo`l transportida qancha yo`lovchi tashilgani ochiqlandi

'Temir yo`l transportida qancha yo`lovchi tashilgani ochiqlandi'ning rasmi

Respublika bo`yicha 2023 yilning o`tgan 5 oyi davomida (yanvar–may) temir yo`l transportida 4,1 mln nafar yo`lovchi tashildi. Bu haqda Transport vazirligi ma`lumotlariga xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o`tgan yilning mos davriga nisbatan o`sish sur`ati 113,5 foizni tashkil etdi. Mamlakatda 2022 yilning yanvar-may oylarida temir yo`l orqali 3,6 mln nafar yo`lovchi tashilgan.

Bundan tashqari, respublika bo`yicha yanvar-may oylari davomida temir yo`l transporti orqali 45,1 mln tonna yuk tashilgan. Yuk tashuvlari hajmi bo`yicha o`sish sur`ati o`tgan yil bilan solishtirilganda 109,6 foizni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar