AsosiyJamiyat

O`zbek harbiylari Rossiyaga yordam berishga jalb etilgani to`g`risidagi xabarlar rad etildi

'O`zbek harbiylari Rossiyaga yordam berishga jalb etilgani to`g`risidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federasiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay bo`lib turgani, ammo vaziyat o`zgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga Mudofaa vazirligi Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. 

Munosabatda mazkur xabar haqiqatga to`g`ri kelmasligi, tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo`lib o`tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgani aytilgan.

Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan ma`lumotlarni noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`raymiz. Eslatib o`tamiz, asoslanmagan yolg`on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar