Kecha, 26 iyun kuni “Uzbekistan Airways” Toshkent – Grozniy – Toshkent yo`nalishi bo`yicha birinchi parvozni amalga oshirdi.
HY701/702 muntazam aviaqatnovlari haftasiga ikki marta – dushanba va payshanba kunlari bajariladi (ortga qaytuvchi reyslar keyingi kunga o`tadi).
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali 3 foiz chegirma bilan, shuningdek, «UzAirways» mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.






