AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Ispaniyadan yana to`rtta "Talgo 250" elektropoezdi keltiriladi

'O`zbekistonga Ispaniyadan yana to`rtta "Talgo  250" elektropoezdi keltiriladi'ning rasmi

O`zbekistonga Ispaniyadan Talgo kompaniyasining 4 ta tezyurar “Afrosiyob” elektropoezdi keltiriladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Qayd etilishicha, O`zbekiston elchisi Jahongir G`aniev Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi prezidenti Karlos Palasio Oriol bilan uchrashdi. Uchrashuvda Ispaniya tomoni O`zbekiston bilan temir yo`l transporti sohasida ko`p yillik hamkorlikni davom ettirish hamda mavjud oltita Talgo-250 poezdiga qo`shimcha ravishda yana to`rtta Afrosiyob tezyurar poezdlarini etkazib berishdan o`ta manfaatdor ekanini ma`lum qildi.

Patentes Talgo prezidenti Daniya va Germaniya uchun 64 ta poezd ishlab chiqarishda katta buyurtma bo`yicha ishlar olib borilayotgani sababli ish yuki yuqori bo`lishiga qaramay, kompaniya “O`zbekiston temir yo`llari” uchun to`rtta Afrosiyob elektropoezdini O`zbekiston tomonidan rejalashtirilgan muddatlarda ishlab chiqarish va etkazib berishni ta`minlashga tayyorligini alohida ta`kidlagan.

Buyurtmani Ispaniya hukumati huzuridagi Ispaniya kompaniyalarini xalqarolashtirish jamg`armasi (FIEM)dan uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb qilgan holda moliyalashtirish uchun rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar