Shu yil yanvar-may oylarida mamlakatimiz bo`yicha 12 mln. nafar bolada boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi 13 turdagi vaksina bilan emlash tadbirlari tashkil etildi.
Buning uchun davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar zaxirasi yaratildi.
Jumladan:
- respublika bo`yicha 334 261 nafar go`dak virusli gepatit V va sil kasalligiga qarshi vaksinalar bilan;
- 6 yoshdagi 354 562 nafar bola qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi vaksina bilan;
- 9 yoshdagi 281 241 nafar qizr odam papilloma virusiga qarshi emlandi.
Shuningdek:
- 353 558 nafar bola – rotavirusga qarshi;
- 362 029 nafar o`g`il-qiz – pentavalent vaksinasi bilan difteriya, ko`kyo`tal, qoqshol, xib, pnevmokokk infeksiyasiga;
- 378 538 nafar bola – KPK vaksina bilan qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi emlash vositasini oldi.
Bundan tashqari, respublika bo`yicha 7 yoshgacha bo`lgan 3,5 mln. nafar bola o`rtasida qizamiq-qizilchaga qarshi tegishli ko`rsatma bo`yicha ommaviy emlash tadbirlari o`tkazildi.
29.06.2023 15:25
O`zbekiston 5 oyda 12 mln nafar bola 13 turdagi vaksinalar bilan emlandi






