AsosiyJamiyat

UzAuto Motors: "Asaka zavodidagi har yilgi rejalashtirilgan modernizasiya ishlari avtomobil narxiga ta`sir qilmaydi"

'UzAuto Motors: "Asaka zavodidagi har yilgi rejalashtirilgan modernizasiya ishlari avtomobil narxiga ta`sir qilmaydi"'ning rasmi

Avvalroq, "O`zavtosanoat" AJ tizimidagi eng yirik korxona hisoblangan - "UzAuto Motors" AJ Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan jalb etilgan 170 nafar mutaxassis bilan hamkorlikda Asaka shahridagi zavodining ishlab chiqarish liniyalarini rejali modernizasiya qilishni yo`lga qo`yilishi haqida xabar bergan edik. 

Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, barqaror ishlab chiqarishni ta`minlash hamda konveyerlarning ishdan chiqishini oldini olish maqsadida korxonada texnik ishlar olib borilishi natijasida ishlab chiqarish liniyalarining ishlashi vaqtincha to`xtatiladi. Xo`sh, bu avtomobillar narxiga ta`sir qiladimi?

Asaka shahridagi "O`zavtosanoat" AJ  zavodida amalga oshirilayotgan rejali modernizasiya ishlari bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`rtasida muhokamalarga sabab bo`lmoqda. "O`zavtosanoat" AJ Matbuot xizmati masalaga oydinlik kiritdi.

“Alohida ta`kidlab o`tmoqchimizki, bunday modernizasiya va profilaktika ishlari zavodda muntazam ravishda amalga oshiriladi hamda bu korxona faoliyatining narx bilan emas, balki texnik masalalari bilan bog`liq”, deyiladi xabarda.

Avval xabar qilinganidek, "O`zavtosanoat" AJ zavodi joriy yilning may oyidan boshlab 24/7 rejimida to`liq quvvatda ishlab, ishlab chiqarish hajmi bo`yicha rekord ko`rsatkichni qayd etdi.

Ma`lumot uchun, mazkur ishlar rejalashtirilgan va iste`molchilarga avtomobillarni etkazib berish jadvaliga ta`sir qilmaydi.

    Boshqa yangiliklar