AsosiyJinoyat

Bekobodlik ona uchinchi eri bilan "baxtli" yashash uchun o`z qizini vahshiylarcha bo`g`ib o`ldirdi (video)

'Bekobodlik ona uchinchi eri bilan "baxtli" yashash uchun o`z qizini vahshiylarcha bo`g`ib o`ldirdi (video)'ning rasmi

Sakkiz yoshli Sabina shum taqdirning qurboni bo`ldi. Uning ayanchli taqdirini eshitgan qalb borki, larzaga keladi. 

Bekobodlik Sayyora o`zidan olti yosh katta erkakka turmushga chiqadi. Oradan bir yil o`tib eri xastlikdan vafot etadi. Ayol qizlik uyiga emas, bir qizi bilan tog`asinikiga qaytib keladi.

U uch yil o`tib o`zidan 20 yosh katta erkaknikida qizalog`i bilan shar`iy nikoh asosida yashay boshlaydi. Eri o`gay qizi bilan jinsiy ehtiyojini qondirib kelgani oshkor bo`lgach, qamalib ketadi. Xo`rlangan ona va qiz yana ko`chada qoladi. Sayyora vaqtincha birinchi erinikida yashay boshlaydi. 

Uchinchi bor o`z “baxtini” farzand ko`rmaganligi sabab, olti marta uylanib ajrashgan erkak bilan sinab ko`rishga majbur bo`ladi. Unga turmushga chiqib, qizi bilan uning uyida yashay boshlaydi. Bu uyda qiziga kun berishmaydi. Urush-janjal bilan o`tgan kunlar bechoragina Sabinaning yo`qolib qolishi bilan yakunlanadi. 

Qizaloqning jasadi 2021 yil 6 avgustda sholi maydonidan topiladi. Jasadni onaning o`zi topadi va avvaliga buni kutilmagan falokatdek qabul qilgan bo`ladi. Huquqni himoya qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida qizaloq o`z onasi tomonidan bug`ib o`ldirilganligi aniqlanadi. 

Ayol haqiqatdan ham o`z qizini turmush tarzini yaxshilash, eri bilan baxtli yashash maqsadida o`ldirgani tan oladi. 

Qotil ona o`zini baxtsizligida Sabinani ayblaydi va undan qutilish rejasini tuzadi. Qizini sholi dalasiga olib borib, ro`moli bilan bug`ib azoblab, o`ta shavfqatsizlik bilan o`ldiradi. 

Ma`lum bo`lishicha Sabinaning uchinchi o`gay otasi ham muntazam ravishda jinsiy zo`rlab kelgan.

    Boshqa yangiliklar