Yaponiya poytaxti Tokio shahri markazidagi ovqatlanish korxonalari joylashgan binoda portlash sodir bo`ldi.
Hozirda qutqaruvchilar voqea joyida. Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Guvohlarning aytishicha, portlashdan oldin kuchli gaz hidi sezilgan, deb xabar beradi Kyodo.
Portlash natijasida 4 nafar inson jarohat olgan. Halok bo`lganlar bor yoki yo`qligi haqida ma`lumot hozircha berilmagan.






