“Barselona” jamoasi himoyachisi Jerar Pike kataloniyaliklar prezidenti bo`lish istagini bildirdi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.
“Ha, bu haqiqat – men “Barselona” prezidenti bo`lishni istayman. Faoliyatimni yakunlagach shu yo`lni tanlayman. O`zimni murabbiy sifatida ko`rmayapman. Prezident sifatida esa klubga ko`proq foyda kelitirshim mumkin”, – dedi 29 yoshli futbolchi.
Qayd etish kerakki, “Barselona” nizomiga ko`ra, klub futbolchisi faoliyatini yakunlaganidan so`ng ikki yil o`tib prezidentlikka davogarlik qilishi mumkin.





